Shu joyga 690x120 hajmdagi reklamangizni joylashtiring
RSS so`ngi yangiliklari
 
Bo`limlar
Bizning so`rov
Siz sevgi-muhabbatga ishonasizmi?

Javoblar: 2
Mini-ChaT

Авторизируйтесь, чтобы
отправить сообщение!
Reklama
Statistik ma`lumot

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0



Foydalanuvchilar
Tekshirilganlar:
Moderatorlar:
Adminlar:

O`g`il bolalar:
Qiz bolalar:
 

Foto suratlar
Bosh » Maqola » Siz buni BIlasizmi?

SAN’ATDAGI 15 YIL yoxud “SEBONU”, “OSIYo” va MANZURA!





O’tgan yilgi loyiҳalarimiz orasida "Oraliқ degan saҳifamiz san’atkorlarning shou-biznes va san’atdagi turli yillarda erishgan yutuқlari va muvaffaқiyatlari xususidagi ma’lumotlarni oshkor etishi bilan o’қuvchilar қalbidan joy egallagandi. Bu gal san’atsevar muxlislar talabiga binoan loyiҳamizni davom ettirgan ҳolda xonanda Manzuraning san’atdagi 15 yilini sizlarga oshkor etamiz. U bu yillarda nimalarga erishganligiga o’zingiz guvoҳ bo’ling...

Boshlanishi...
Bundan ancha yillar ilgari rassom Muborak Yo’ldoshev oilasida jajji Manzura dunyoga keladi. Kichkina xonasini katta ҳayot yo’lida unga elkadosh bo’lgan singlisi bilan bo’lishgan Nigina vaқt o’tib unda ajoyib қobiliyat borligini payқay boshlaydi. Ҳa, 5 yoshidanoқ Manzura boғchadoshlarini o’zining ajoyib ovozi bilan ҳayron қoldirishga ulgurgandi. Қizidagi bunday iқtidorni sezgan ijodkor ota do’sti Karim Ҳoji bilan maslaҳatlashib, uni Uspenskiy nomidagi musiқa maktabiga o’қishga joylashtiradi. U erda olingan bilim va tajriba Manzurani vokal ijrochisi sifatida shakllantiradi. Yosh bo’lishiga қaramay, Manzura "Karubina” ariyasini "Neymer” orkestri jo’rligida kuylash baxtiga muyassar bo’ladi. Maҳoratli ijrosi bilan ko’pchilikni ҳayratlantira olgan bo’lғusi xonanda shundan so’ng o’zida yangi kuch sezib, faқat oldinga intilish zarurligini tushunib etadi.
1996 yil...
Қiziқishlari ortgan Manzura opasi Nigina va dugonasi Nargiza bilan "Sebonu” guruҳini tashkil etadi. Iқtidorli xonanda Ravshan Zokirov boshchiligida yangi trio ikkita қo’shiқ yozadi va u tinglovchilar e’tiboriga ҳavola etilganidan so’ng guruҳ "Ofarin-96” ko’rik-tanlovida ishtirok etib, faxrli ikkinchi o’rinni egallashga muvaffaқ bo’ladi. Bunday ғalaba ҳar uch ijodkorga cheksiz қuvonch baғishlaydi. Manzura shu yili Uspenskiy nomidagi musiқa maktabini tugatib, o’z қarorini қat’iylashtirish maқsadida konservatoriyaga o’қishga kiradi. Afsuski, bu paytga kelib guruҳdagi Nargiza o’zini san’atshunoslik faniga baғishlaydi va guruҳni tark etadi. Omadli trio esa o’z-o’zidan "Osiyo” duetiga aylanadi.
1997 yil...
"Osiyo, Osiyo afsonaviy dunyo” қo’shiғi ommalashib ketganidan so’ng guruҳga "Bisko-biznes” firmasi katta yordam bera boshlaydi. "Osiyo” guruҳi Muҳiddin Қamariddinov boshchiligida o’zlarining "Yolғizim” nomli ilk albomlarini chiқarishga sazovor bo’ladi. Shu yilning o’zida Manzura va Nigina shu қo’shiққa klip suratga olib, tanilishda davom etadilar. Undan keyin yangragan ikki қo’shiқ esa o’z omadi bilan birga tuғilgandi, desak mubolaғa bo’lmaydi. Negaki, o’sha yillarda "Yolғizim” va "Men seni sevaman” қo’shiқlarini tinglamagan, kuylamagan yoshlarning o’zi yo’қ edi.
2000 yil...
Deyarli to’rt yillik samarali meҳnatdan so’ng guruҳ tarkibida yana bir o’zgarish yuzaga keladi. Bu gal Manzuraning opasi Nigina dizaynerlik yo’nalishini tanlab, guruҳni tark etishga қaror қiladi. Endi duet sologa aylangandi. Faқat Manzura... San’atdan boshқa soҳada o’zini tasavvur eta olmaydigan қiz o’z yo’lidan қat’iy borishga қaror қiladi va prodyuser Rustam Sa’diev boshchiligida yakkaxon faoliyatini boshlaydi. Yangi prodyuser bilan ҳamkorlik esa xonandaning ijodiga ijobiy ta’sir etib, yana omadli pallalar boshlanadi. Aynan shu yili Manzura rejissyor Madina Mo’minovaning "Toҳir va Zuҳra” musiқiy filmida suratga tushishga taklif etiladi. Bu paytga kelib xonanda konservatoriyani muvaffaқiyatli tamomlashga ulguradi.
2001 yil...
"Man, man Manzura” қo’shiғi va Ali Niyazimbetov bilan ijodiy ҳamkorlikda yuzaga kelgan "Sevgilim” kabi duetlar xitga aylanib, muxlislar safini yanada kengaytira boshlagandi.
2002 yil...
Manzura yakkaxon faoliyatidagi meҳnati samarasini shu yilda ko’radi. Aniқroғi, aynan shu yili u Prezidentimiz tomonidan ta’sis etilgan "Niҳol” davlat mukofoti bilan taқdirlanadi. Xalқ e’tiboriga tushib, mukofot egasiga aylangan ҳar bir san’atkor o’ziga yuklatilgan mas’uliyatni ҳis қilib, yanada ko’proқ ijod қilishga bel boғlaydi. Manzura ҳam bundan mustasno emasdi. Қolaversa, aynan shu yili u "Muҳabbat sinovlari” filmida suratga tushishga va kartinadagi barcha saundtreklarni kuylashga muvaffaқ bo’ladi. Rejissyor Rustam Sa’dievning filmida yangragan ҳar bir saundtrek қisқa vaқt ichida ommalashganiga o’zingiz guvoҳsiz.
2004 yil...
Ko’plab muxlislar talabiga binoan "Muҳabbat sinovlari-2” katta ekranga chiқadi. Ushbu film uchun ҳam saundtreklarni Manzura kuylagandi. 2004 yilning yana bir esda қolarli voқeasi: Manzura o’zining uzoқ kutilgan "Bevafo” nomli ilk yakkaxon konstertini "Turkiston” saroyining yozgi binosida o’tkazishga erishadi. Yil so’ngida esa uning yakkaxon ijodidagi shu nomli ilk albomi ҳam sotuvga chiқadi.
2005 yil...
Bu yilda "Naҳotki, sen” filmi tomoshabinlarga taқdim etiladi. O’shanda "saundtreklar malikasi”ga aylangan Manzura yangi filmdagi barcha қo’shiқlarni kuylab, yana omma orasida shuҳrat қozonishga erishadi. Keyin esa "Naҳotki, sen” nomli navbatdagi to’plam muxlislarga ҳavola etiladi va o’sha filmdagi қo’shiқlar xitga aylanadi.
2006 yil...
Manzura "Yilning eng yaxshi saҳna қiyofasi” nominastiyasida "Tarona” mukofotini қo’lga kiritadi.
2007 yil...
Aynan shu yildan boshlab Manzurani muxlislar boshқatdan kashf etishadi. O’z yo’nalishini butkul o’zgartira boshlagan xonanda bu tajribasi orқali ijodiga yangi nafas olib kiradi. Uning ijodiga, repertuariga kiritgan o’zgartirishlari talabchan muxlislar tomonidan yaxshi қarshilanadi. Xonanda optimistik ruҳiyatda, yangi қarashlar bilan "Tushlarimga kir” nomli albomini yozib, muxlislariga ҳavola etadi. Mazkur to’plamdan uning yangi xit қo’shiқlari, jumladan, "Panoҳ” filmiga ishlangan "Afsusdaman” saundtreki ҳam o’rin egallagandi. 2007 yilning ikkinchi yarmida esa Manzuraning katta kinodagi davri boshlanadi. Bu gal xonanda "Sevginator” nomli texnologik filmga bosh қaҳramon obrazini talқin etish uchun taklif etiladi. 3 yil davomida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi Minavvara Abdullaevadan aktyorlik maҳorati saboқlarini olgan Manzura ikkita obraz: robot va o’қituvchi қiz Maftunani ishonarli talқin etadi. Rejissyorning қo’ygan talablarini қiyinchilik bilan bo’lsa-da uddalagan xonanda қo’shiқ kuylashdan tashқari, yaxshigina aktrisa ekanligini ҳam isbotlashga erishgandi. Tomoshabinlar tomonidan katta қiziқish bilan kutib olingan kartina "Ijodiy parvoz” kinofestivalida gran-prini қo’lga kiritib, buni yana bir marotaba isbotlaydi.
2008 yil...
Xonanda Yoshlar va Қurolli kuchlar shaxsiy tarkibining Vatanga bo’lgan muҳabbat, ҳarbiy burchga, kasbga sadoқat tuyғularini oshirishga va ma’naviy yuksalishga қo’shgan ҳissasi, ҳarbiy xizmatchilarning mardonavor xizmatlarini қo’shiқ san’ati orқali xalқ ommasiga keng tarғib etganligi uchun Mudofaa vazirligining faxriy yorliғi bilan taқdirlanadi.
2009 yil
"Layli va Majnun” nomli yangi albom shu yilning o’zida izlanuvchan ijodkorni M&TVA milliy taқdimot marosimida "Yilning eng yaxshi ayol xonandasi” nominastiyasida ғolib bo’lishini ta’minlab beradi. Bundan tashқari, uning "Layli va Majnun” nomli kompozistiyasi "Tarona” taқdimotida "Yil қo’shiғi” deya e’tirof etiladi.
2010 yilda
"Sevginator-2” filmi katta ekranga chiқadi. Unda ҳam bosh қaҳramonni Manzura talқin etgan va saundtreklarni ҳam o’zi kuylagandi. Shuningdek, o’sha yilda rejissyor Rustam Sa’dievning "Men – bu men” filmi ҳam tomoshabinlar ҳukmiga ҳavola etilib, unda Manzura Rayҳon bilan birga mazkur kartina uchun saundtrek kuylaydi. Bu ikki ijodkorning ilk dueti edi.
2011 yil...
Ushbu mavsumning xit қo’shiқlari "Sevardim takror”, "Mening nolam”, "Netay”, "Қaynona” tinglovchilarning e’tirofiga tushganligini ҳisobga olsak, ҳammasi joyida. Biroz oldin "Қizғonaman” nomli yangi қo’shiғi bilan muxlislarini xushnud etgan xonanda shu kunlarda "Sevdirasan buncha” deya kuylab muxlislari e’tiborini o’zida ushlab turibdi.
Xulosa қiladigan bo’lsak, o’tgan yillarda Manzura iloji boricha yildan yilga o’z mavқeini mustaҳkamlash va muxlislari ishonchini oқlashga ҳarakat қilyapti. So’nggi yillarda ko’pchilik Manzuraning yangi imijlari, kuylagan қo’shiқlarini tinmay muҳokama қilyapti. Қolaversa, uni Rayҳon bilan bir poғonada ko’rishlari ҳam meҳnatlarining besamar ketmayotganligini ko’rsatadi. Bundan keyin ҳam biz uning shunday davom etishiga tilak bildirib қolamiz.
Maқolada xonandaning shaxsiy saytidan foydalanildi.
Baxtiyor Rasulov

 

Toifasi: Siz buni BIlasizmi? | Qo`shdi: has (10.12.2011) | Muallif: SAN’ATDAGI 15 YIL yoxud “SEBONU”, “
Ko`rildi: 1319 | Teglar: “OSIYo” va MANZURA!, SAN’ATDAGI 15 YIL yoxud “SEBONU” | Reyting: 1.0/1
Xammasi bo`lib izohlar: 0
Izohlarni ro`yhatdan o`tgan foydalanuvchilar qoldirishi mumkin
[ Ro`yhatdan o`tish | Kirish ]
Safini tezkor panelizga saqlab oling!
 
Shaxsiy bo`lim

Shanba
08.02.2025


SIZMEhmon
b`olib kirdingiz

Guruhingiz: Mehmonlar
Jinsingiz:
Bizning saytda: kundan buyon
Siz № 0
raqamli foydalanuvchisiz

Sizning IP-giz: 3.145.96.41Shaxsiy hatlar () Profilni tark etish

Saytga yangilik qo`shish

 

Bo`lim mundarijasi
Reklama
Shu joyga 180x200 hajmdagi reklamezi joylashtiring!
Sayt faollari

ExcellenT_BOY
Репутация: 2
Пол: Erkak
Новостей:76



WicKeD
Репутация: 0
Пол: Erkak
Новостей:6



dalimov62
Репутация: 0
Пол: Erkak
Новостей:0



jamal1789
Репутация: 0
Пол: Erkak
Новостей:0



webmylovecite
Репутация: 0
Пол: Erkak
Новостей:0


Kirish joyi



 

   
© Uzbekcha.com 2010-2011.
Shu joyga 468x60 hajmdagi reklamangizni joylashtiring