![](/REKLAMA/rajabov.jpg)
Taniqli aktyor Murod Rajabovni tanimaydigan san’at ixlosmandi bo’lmasa kerak. Uning
kino va teatrda yaratgan obrazlarini ҳamma biladi. Murod aka bilan suxbatlasharkanmiz, rollarining sanoғida ҳam adashib ketishlarini aytib kulib қo’ydi. Bugun sevimli san’atkorimiz taҳririyat meҳmoni.
—Murod aka, siz bosh
rollarni ijro etgan «Birinchi bo’sa», «Ҳammomga balo bormi?», «O’n sakkiz yoshligim»,
«Oқar
suvlar» va boshқa ko’plab spektakllarni sevib tomosha қilgandik.
—Ҳa, u davrlar butunlay
boshқacha edi. Endigina
institutni bitirib teatrga қadam қo’ygan, tomoshabin
oldiga turli rollar bilan chiқish oldidan қattiқ ҳayajon bosadigan damlar edi. Ҳozirgi Abror Ҳidoyatov
teatriga institutni bitirgan bir guruҳ yoshlar bilan kelganmiz. Asosan yoshlar teatri bo’lgani
uchun yoshlarga mo’ljallangan spektakllar қo’yilardi.
—O’sha damlardagi Murod Rajabov bilan bugungi Murod Rajabov orasida қanday farқ bor?
—Қiziқ savol, men o’sha damlarda Arsen Ismoilov,
mashҳur rejissyor Ergash
Masofoev, kinorejissyor Uchқur Nazarovlarning o’gitlari bilan aktyor sifatida shakllandim. Endi o’ylab
қarasam, bu mening eng katta
baxtim ekan. Aytmoқchimanki,
ustozlarning meҳnati, menga
bo’lgan e’tibori bilan Murod Rajabov bo’ldim. Bir қarashda o’sha damlardagi Murod Rajabov bilan ҳozirgisining orasida katta farқ bor. Ikkinchi tomondan men o’zligimcha
қolganman. O’sha-o’sha
Murodman. Ҳech қanday o’zgarishni sezmayotgandayman.
Yana bir farқ, o’sha damlarda
men shogird bo’lganman, endi esa ustozman. Mana shu ҳam farқ bo’lsa kerak.
—Keyinchalik O’zbek Milliy akademik teatrda ishladingiz. «Ҳazrati ayol» spektaklidagi rolingiz menga
ma’қul
bo’lgandi.
—Yuragimdagi gapni gapirdingiz. Teatrni doimo soғinaman. Tomoshabin bilan yuzma-yuz rol o’ynash boshқacha-da. Kinoning ҳam o’z gashti bor, ammo teatr ҳayoti butunlay o’zgacha olam. Shuning
uchun teatrga қaytdim. Muқimiy nomidagi musiқiy teatrning badiiy raҳbari, direktoriman.
—Demak, teatrda rol ijro etmoқchisiz?
—Xuddi shunday, saҳnaga
chiқmoқchiman.
—Sir bo’lmasa қanday rol ekan, ayta olasizmi?
—Yo’қ, bu ҳozircha sir bo’la қolsin. Agar aytsam ertagayoқ gazetangizda yozib chiқasiz. Oldindan chang ko’tarilishini istamayman.
Muxlislarimga sovғa қilmoқchiman.
—Siz kinoda juda ko’plab obrazlarni yaratgansiz. Қaysi rolingiz o’zingizning tabiatingizga
yaқin?
—To’ғrisini aytsam, ҳammasi yaқin, ammo rollarimdagi insonlarni Murod Rajabov
deb o’ylamang. Men ba’zilariga o’zimni singdirgan bo’lsam, ba’zilarini yaқinimdagi insonlardan olganman. Ularni
o’rganish natijasida yaratganman. Aktyor doimo izlanishda bo’ladi. U ko’chada ҳam, biron yiғinga borganida ҳam odamlarni kuzatadi, o’rganadi. Chunki
ҳar safar Murod Rajabov
bo’laverish mumkin emas. Bir timsolni yaratib, tomoshabinga ma’қul қilish oson ish emas.
—Bugungi yoshlarda o’z kelajagingizni ko’ryapsizmi?
—Ғalati savol, bunga ҳam aniқ bir nima deyish қiyin. Eng asosiysi, ular mendan ҳam yuқoriroқda bo’lishlarini sezaman. Chunki ular rivojlangan mamlakatlarga borib o’қib kelishyapti. Istardimki, ular kerakli
narsalarni olishsayu, ortiқchasidan yuz o’girishsa. Sharқ ҳam buyuklar
yashagan zamin. Sharқ madaniyati, o’zbek madaniyati ҳam o’ziga xos va yuksak. Men yoshlarimiz o’zbek
madaniyatini egallashlarini istardim.
—Negadir oilangizda ortingizdan ketayotganlarni ko’rmayapman?
—Endi ko’rasiz, nabiram Otabek o’n uch yoshda. O’sha «aktyor bo’laman» deydi. Necha
marta «bu oғir yo’l, boshқa engilroғini tanla» desam ҳam ko’nmaydi. Balki қondan o’tgandir, ko’ramiz. Ayni damda bir nima deb
sizni ishontirolmayman.
—Siz uchun teatr yaқinmi yoki kino?
—Menimcha eng go’zal san’at teatr. U ko’pchilikni birlashtiradi. Bastakor, dramaturg,
rassom. Aktyor esa ularning maҳsulini saҳnaga olib
chiқadi. Teatr eҳtiroslar maskani. Agarda bolalaringizni
teatr bilan oshno etsangiz yutasiz. Chunki san’at bilan yaқin bo’lgan inson ҳech қachon birovga yomonlik қilmaydi.
—Sizni bearmon aktyor deyish mumkin. Ammo ҳar bir insonning yuragida қandaydir orzu yashaydi.
—Men etisholmaganman, endi esa kech.
—Sir bo’lmasa ayting -chi?
—Gamletni o’ynashni orzu қilardim. Chunki bu klassik asar asrlar osha yashab kelmoқda. O’zimcha Gamletni қayta-қayta o’қib, ijro etib yurardim. Yuragimda Gamlet yashaydi.
Mayli, o’zim uchun bo’lsa ҳam o’ynabman -ku.