Shu joyga 690x120 hajmdagi reklamangizni joylashtiring
RSS so`ngi yangiliklari
 
Bo`limlar
Bizning so`rov
Siz sevgi-muhabbatga ishonasizmi?

Javoblar: 2
Mini-ChaT

Авторизируйтесь, чтобы
отправить сообщение!
Reklama
Statistik ma`lumot

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0



Foydalanuvchilar
Tekshirilganlar:
Moderatorlar:
Adminlar:

O`g`il bolalar:
Qiz bolalar:
 

Foto suratlar
Bosh » Maqola » O`zbekiston Qonunlari

O‘zbekiston Respublikasi amnistiya to‘g‘risida...

O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganligining o‘n to‘qqiz yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida

05.12.2011 23:03

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining o‘n to‘qqiz yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga muvofiq, insonparvarlik tamoyiliga amal qilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 10-bandiga va 93-moddasi 23-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:

1. Quyidagi mahkumlar jazodan ozod qilinsin (ushbu Qarorning 8-bandida ko‘rsatilgan cheklashlarni hisobga olgan holda):

a) ayollar;

b) jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga to‘lmagan shaxslar;

v) 60 yoshdan oshgan erkaklar;

g) chet davlat fuqarolari.

2. Ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaxslar, shuningdek ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan shaxslar jazodan ozod qilinsin.

3. Birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, shuningdek ushbu Qaror kuchga kirgunga qadar bir yildan oshmagan muddat ichida qonunda belgilangan tartibda jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan og‘ir kasallikka chalingan deb topilgan shaxslar (javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etganlar bundan mustasno) jazodan ozod qilinsin.

4. Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, o‘talmay qolgan jazo muddati ikki yildan ko‘p bo‘lmagan, hukmi ushbu Qaror e’lon qilingan kunga qadar qonuniy kuchga kirgan mahkumlar (javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etganlar bundan mustasno) jazodan ozod qilinsin.

5. Taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan shaxslar jazodan ozod qilinsin.

6. Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, ushbu Qaror e’lon qilingan kunga o‘talmay qolgan jazo muddati uch yildan kam bo‘lgan shaxslar manzil-koloniyaga o‘tkazilsin.

7. Ushbu Qarorning 1 va 2-bandlarida qayd etilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi barcha ishlar tugatilsin.

8. Tatbiq etilmasin:

a) ushbu Qarorning amal qilishi – uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan; o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan; jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan; jazoni o‘tash tartibini muntazam ravishda buzayotgan shaxslarga; shuningdek o‘lim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilgan shaxslarga;

b) ushbu Qaror 1-bandining amal qilishi – o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarga;

v) ushbu Qaror 1-4, 6 va 7-bandlarining amal qilishi – taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlangan shaxslarga;

g) ushbu Qaror 4-6-bandlarining amal qilishi – muqaddam amnistiya bo‘yicha jazodan ozod bo‘lgan va yana qasddan jinoyat sodir etgan shaxslarga.

9. Senatning tegishli qo‘mita va komissiyalari ushbu amnistiya akti qo‘llanilishi tartib-taomillarida jamoatchilik nazorati va ochiq-oshkoralik amalga oshirilishida deputatlar korpusining bevosita ishtirokini ta’minlasin.

10. Ushbu Qaror amalga oshirilishi yuzasidan mas’ullik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklatilsin.

11. Ushbu Qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va uch oy mobaynida ijro etilishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I.Sobirov

Toshkent shahri, 2011 yil 5 dekabr.
Toifasi: O`zbekiston Qonunlari | Qo`shdi: ExcellenT_BOY (08.12.2011) | Muallif: ADMIN E W
Ko`rildi: 1048 | Teglar: uzbekistanu, videlil, worldbank, 1.3 mlrd | Reyting: 0.0/0
Xammasi bo`lib izohlar: 0
Izohlarni ro`yhatdan o`tgan foydalanuvchilar qoldirishi mumkin
[ Ro`yhatdan o`tish | Kirish ]
Safini tezkor panelizga saqlab oling!
 
Shaxsiy bo`lim

Chorshanba
04.02.2026


SIZMEhmon
b`olib kirdingiz

Guruhingiz: Mehmonlar
Jinsingiz:
Bizning saytda: kundan buyon
Siz № 0
raqamli foydalanuvchisiz

Sizning IP-giz: 216.73.216.116Shaxsiy hatlar () Profilni tark etish

Saytga yangilik qo`shish

 

Bo`lim mundarijasi
Reklama
Shu joyga 180x200 hajmdagi reklamezi joylashtiring!
Sayt faollari

ExcellenT_BOY
Репутация: 2
Пол: Erkak
Новостей:76



WicKeD
Репутация: 0
Пол: Erkak
Новостей:6



uznihol
Репутация: 1
Пол: Erkak
Новостей:0



Sultonmurod
Репутация: 0
Пол: Erkak
Новостей:2



hacker
Репутация: 0
Пол: Erkak
Новостей:6


Kirish joyi



 

   
© Uzbekcha.com 2010-2011.
Shu joyga 468x60 hajmdagi reklamangizni joylashtiring