
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Maxsus
avariya-tiklash boshqarmasi (15361-harbiy qism)da harbiy qism tashkil
etilganligining 51 yilligi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi
qabul qilinganligining 19 yilligi munosabati bilan tantanali marosim
o‘tkazildi.
Tadbir munosabati bilan boshqarmaga Toshkent axborot texnologiyalari
universitetining Maxsus fakulteti kursantlari, axborot texnologiyalari
fakultetining 2-bosqich 230-guruh talabalari hamda poytaxtning
Yakkasaroy tumanidagi 48-harbiy sport sinfi tarbiyalanuvchilari taklif
etildi. Ular harbiy qismda ofitser va askarlar uchun yaratilgan
sharoitlar, avariya-tiklash vaziyatlarida qo‘llaniladigan transport va
aloqa vositalari bilan yaqindan tanishtirildi, o‘zlarini qiziqtirgan
savollarga javob olishdi.
Majlislar zalida o‘tgan marosimda so‘z mamlakatimiz Konstitusiyasi,
harbiy qismning yarim asrdan ziyodroq tarixi va buguni, xalqimiz
tinchligi, mamlakatimiz hududiy yaxlitligi va daxlsizligini ta'minlash,
mustaqilligimizni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash haqida bordi.
Boshqarma boshlig‘i, polkovnik Yu.Sobirov yig‘ilganlarni shonli sanalar
bilan qutladi. Shundan so‘ng boshqarma tarbiyaviy ishlar bo‘limi
boshlig‘i Sh.Qurayshev, 48-harbiy sport sinfi rahbari o‘.Nuriyev, qator
kursant va askarlar so‘zga chiqishdi.
Bayram munosabati bilan bir qator harbiylarga navbatdagi harbiy unvonlar
taqdim etildi, namunali xizmatlari uchun esa askarlarga faxriy
yorliqlar, tadbir mehmonlariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
|